US Special Envoy for Hostage Response Adam Boehler [File: AFP]
So‘nggi haftalarda Afg‘oniston bilan bog‘liq xabarlar xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyning lavozimdan olinishi ehtimoli, AQSH vakillarining Kobulga tashrifi, salkam ikki sutka davom etgan internet uzilishi kabi voqealar “Tolibon”dagi ichki ziddiyatlar va tashqi siyosiy strategiyalar haqida muhim savollarni o‘rtaga chiqarmoqda.
Kun.uz mavzuni sharhlash uchun Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari Islomxon Gafarovni jonli efirda suhbatga taklif etdi.