ERON ISLOM RESPUBLIKASI HARBIY SEKTORIDA BALLISTIK RAKETA TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA UNING MINTAQA XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Dunyo bo’ylab ko’plab mamlakatlar o’zarmiyalarini modernizatsiya qilish va yangi turdagin qurollar ustida ish olib borar ekanlar, bu jarayondan Eron Islom Respublikasi ham chetda qolmayapti. Yevropa Ittifoqi va AQSH tomonidan qo’llanayotgan sanksiyalar sharoitida Eron o’zining raketa arselani jadal rivojlantirmoqda va zaxirasini to’ldirmoqda. Hattoki Eron o’zining ballistik raketalarini sinovdan o’tkazish bilan birga, ularni muayyan jangovar harakatlarda qo’llab ko’rgani ham fikrimizni tasdiqlashi mumkin. Quyida esa biz Eronning raketa dasturining tarixi va eng so’nggi ballistik raketalarining texnik va amaliy imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Eronning ballistik raketlarga bo’lgan talabining kuchayishi 1980-1988- yillarda bo’lib o’tgan Eron-Iroq urushiga borib taqaladi. Chunki, Eronning jangovar samolyotlariga texnik xizmat ko’rsatish va xodimlarni tayyorlash jarayoni G’arb mamlakatlari bilan munosabatlarning yomonlashuvi sababli to’xtab qoldi.
Natijada, Eron uzoq masofalarga zarba berish uchun alternativ yo’llarni izlashni boshladi va dastlab, Liviyadan, so’ng, Shimoliy Koreyadan Scud-B kabisovet namunasida yaratilgan ballistic raketalarni xaridqila boshladi. Scud oilasiga mansub raketalarning tarixiga yuzlansak, bu turdagi raketalar sobiq SovetIttifoqi tomonidan Sovuq Urush davrida yaratilgan bo’lib, Scud-A, Scud-B, Scud-C va Scud-D kabi modifikatsiyalarda 1957-yildan beri xizmat faoliyatini davom ettirmoqda. Eron tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki raketalardan biri Shahab-1 raketasi bo’lib, u sovetlarning Scud-B tizimiga asoslangan. Shahab-1 raketasi suyuq yoqilg’i orqali harakatlanadi vataxminan 300 kilometrgacha bo’lgan nishonlarga zarbabera olish qobiliyatiga ega hisoblanadi. Shahab-1 raketasining dastlabki sinovi 1988-yilda amalga oshirilgan bo’lib, Flight International Magazine ma’lumotlariga ko’ra, Eron bu raketalarni keng miqyosda 1994- yildan boshlab, Semnon, Xurramobod, Parchin va Sheroz hududlarida ishlab chiqara boshlagan. Raketaning umumiy vazni 5,860 kilogramm bo’lib, 985 kilogrammga teng bo’lgan portlovchi modda bilan jihozlangan. Ochiq manbalarda, Eron bu raketalardan 1994, 1999 va 2001- yillarda Iroq hududlariga zarba berishda foydalangani aytiladi. Shahab oilasiga mansub bo’lgan yana bir raketa Shahab-2 bo’lib, u SSSRning Scud-C tizimiasosida yaratilgan va u 500 kilometrgacha bo’lgan nishonlarga zarba berish imkoniyatiga ega ekanligi ta’kiddlanadi.
Eron ballistik raketa sanoatini rivojlantirish miqyosida faqatgina Rossiya bilan hamkorlik qilmay, Shimoliy Koreya bilan ham o’zaro sherikchilikda ishko’radi. Shu asnoda, Eron 1990-yillar o’rtalariga kelib, Shimoliy Koreya tomonidan 1980-yillar o’rtalarida yaratilgan No Dong 1 raketalarini xarid qiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa Isroil va Saudiya Arabistonining g’arbiy hududlariga zarba berish bo’lganligi aytiladi. No Dong asosida Eron o’zining Shahab-3 kabi raketasini yaratgani, Shahab-3 va No Dong o’zaro tashqi ko’rinish va texnik ko’rsatkichlar jihatdan ko’plab umumiylikka ega bo’lsada, Eron rasmiylari, xususan, sobiq mudofaa vaziri Ali Shamhani Shahab-3 dasturi to’liq Eronning dasturi ekanini ta’kidlaydi. CIA ma’lumotlariga ko’ra, Shahab-3 raketasi 300 kilometr masofani yengib o’tish qobiliyatiga ega. Ma’lumotlarda, Shahab-3 raketasi doirasida amalga oshirilgan 9 ta sinov amaliyotining faqatgina 4 tasi muvaffaqiyatli bo’lgan, muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi sifatida, asosan, ichki muammolar, xususan dvigatel ishlab chiqarishda yuzaga kelgan muammolar ko’riladi. Keyingi yillarda, Eron Shahab-3 raketasining takomillashgan versiyasini Ghadr-1 deya qayta nomladi. Ghadr-1 raketasining dastlabki sinovi 2004- yilda amalga oshirilgan. Raketa Shahab-1 ga nisbatan kuchliroq texnik va jangovar texnik imkoniyatlarga egabo’lib, hujum masofasi 1.600 kilometrni tashkil etadiva 750 kilogrammga teng bo’lgan jangovar kallaknitashish imkoniyatiga ega. Ghadr-1 raketasining dastlabki sinovi 2004-yilda amalga oshirilgan. Ghadrloyihasi asosida Emad raketasi ishlab chiqilgan bo’lib, o’rta masofadagi nishonlarga zarba berishga moslashgan va dastlabki sinov 2015-yilda amalga oshirilgan. Eronning eng takomillashgan ballistik raketasi Horamshahr loyihasi bo’lib, bu raketa suyuq yoqilg’ida harakatlanadi. 2016 va 2018-yillar oralig’ida Horamshahr dasturi bo’yicha sinov mashqlari amalga oshirilgani aytiladi. Horamshahr raketasi 2023-yil 25- may kunida o’tkazilgan harbiy parad davomida ommaga tanishtirilgan bo’lib, 2.000 kilometrgachabo’lgan masofaga zarba bera olish qobiliyati bilan birgalikda 1.500 kilogrammga teng bo’lgan jangovar kallakni tashish imkoniyatiga ega ekani ta’kidlanadi. Ba’zi manbalarda, bu raketa tizimi Shimoliy Koreyaning Musudan raketasi namunasida ishlabchiqilgan deya ta’kidlanadi.
Eron o’zining zamonaviy raketalari bilan muayyan harbiy nishonlarga zarba berish holatlariga to’xtalsak, 2020-yilda Qosim Sulaymoniyga nisbatan qilingan suiqasdga nisbatan javob sifatida Iroqda AQSH harbiy bazalariga Fateh-313 va Qiyom-1 turdagi raketalar bilan zarbalarni amalga oshirgan, ammo, ular kutilganchalik amaliy natijalarga olib kelmagan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Eronni Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko’lamli urushiga 200 ga yaqin Fath-360 modifikatsiyasidagi raketalarni yetkazib berganlikda ayblaydi. Shuningdek, bu da’voni Pentagon rasmiysi Pat Ryder ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari , Eron 202 4-yilning oktyabr oyidagi Isroilga qarshi hujumda Fattah-1 va Haibar Shehan raketalari yordamida Nevatim, Tel Nof kabi aviabazalari va boshqa shu kabi hududlarga zarba bergan. Shuningdek, Eron 1-aprelda Isroil tomonidan Damashqdagi Eron elchixonasiga bergan zarbasi va generallarining o’ldirilishiga javoban Hizbulloh va Ansorolloh kabi proksi harbiy guruhlar orqali Isroil tomonidan egallangan Golan tepaliklariga zarbalar bergan. Yaqin Sharq mintaqasining bir qator mamlakatlari o’zlarining havo hududlarini yopdilar. Isroil mudofaa vazirligi o’ziga tegishli Arrow 3 va David’s Sling tizimlari orqali uchirilgan ballistik raketalar bilan bir qatorda dronlarni ham zararsizlantirgan, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Iordaniya va Fransiya havo-mudofaa kuchlari ham bu jarayonda qatnashgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Eron tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchish qurilmalari va ballistik raketalarning 99 foizi Isroil va unga yordam bergan mamlakatlar tomonidan zararsizlantirilgan.
Eron o’zining ballistik raketa arsenalani son vasifat jihatdan yangilab borar ekan, bu omil Yaqin Sharq mintaqasidagi kuchlar nisbatiga beixtiyor ta’sir o’tkazadi. Bu orqali Eron mintaqadagi Hizbulloh va Husiylar kabi guruhlarni qurollantirishi va bu mintaqadagi tinchlik va xavfsizlik masalalarini savol ostiga qo’yishi mumkin. Bunga yorqin misol qilib, Husiylarning 2024-yilda Isroilga aloqadorlikda gumonlab hujum qilgan savdo va harbiy kemalarga qarshi Qiam oilasiga mansub raketalari, shuningdek “Olmos” nomli tankka qarshi raketalardan foydalanilgan. Masalaning keying qismi esa, Isroil, Eronning bu harakatlariga jim qarab turmaydi va o’zining “Temir Gumbaz” va David’s Sling kabi mudofaa tizimlarini yanada takomillashtirishga ehtiyoj sezadi. Eron harbiy salohiyatining oshishi fonida esa AQSH Yaqin Sharq mintaqasida o’z harbiy mavjudligini oshirishga qaratilgaan chota tadbirlarni ko’rishga majbur bo’ladi. Shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasida davom etayotgan qurolli eskalatsiya global savdo va fuqarolik aviatsiyasiga jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi . Xulosa qilib aytganda, Eronning kengayib borayotgan raketa zaxirasi va tajribasi nafaqat Yaqin Sharq mintaqasi, balki, butun dunyo uchun xavfsizlik masalalarini savol ostiga qo’yadi.
JIDU, IXTI Maxsudov Sherdil Shomurodovich