Eyzenxauer matritsasi

 



Eyzenxauer matrisasi — vazifalarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra to‘g‘ri ajratish va vaqtni samarali boshqarish uchun ishlatiladigan muhim vosita hisoblanadi. Bu matrisa vazifalarni ikki asosiy mezon — ahamiyat va shoshilinchlikga asoslanib, to‘rt toifaga bo‘ladi.


1. Shoshilinch va muhim (darhol bajarish) — zudlik bilan yechim topishni talab qiluvchi, kechiktirish mumkin bo‘lmagan vazifalar.


2. Muhim, biroq shoshilinch emas (rejalashtirish) — uzoq muddatli maqsadlarga yetishish uchun muhim bo‘lgan, lekin keyingi vaqtlarda bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar.


3. Shoshilinch, biroq muhim emas (delegatsiya qilish) — shaxsan o‘zingiz tomonidan bajarishni talab qilmaydigan, boshqalarga topshirilishi mumkin bo‘lgan vazifalar.


4. Na shoshilinch, na muhim (rad etish) — ko‘zga ko‘rinarli foyda bermaydigan va istisno qilib tashlanishi lozim bo‘lgan vazifalar.