Karl Haushofer

Karl Haushofer (1869–1946) nemis geosiyosatshunosi, harbiy va olim boʼlgan boʼlib, uning ilmiy ishlari XX asrning birinchi yarmidagi geopolitik fikrlarga katta taʼsir koʼrsatgan. Xausxoferning qarashlari "hayot makoni" (Lebensraum) va geografik determinizm nazariyalariga asoslangan. U davlat qudrati hududiy nazorat, tabiiy resurslar va strategik joylarning egallanishiga bogʼliq, deb hisoblagan. Xausxofer fikricha, katta kontinental davlatlar oʼz xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun hududlarini kengaytirishga harakat qilishi kerak.

U "kontinental blok" kontseptsiyasini ishlab chiqib, Germaniyaning Rossiya va Yaponiya bilan ittifoq tuzish orqali Аngliya va АQShning dengiz qudratiga qarshi kurashishini taklif etgan. Xausxoferning gʼoyalari natsistlar ideologiyasiga ham taʼsir koʼrsatgan, garchi u Gitler bilan toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlik qilmaganini taʼkidlagan. Shunga qaramay, uning "hayot makoni" kontseptsiyasi natsistlar tomonidan ekspansionistik siyosatni asoslashda qoʼllanilgan. Urushdan keyin Xausxofer va uning rafiqasi oʼz jonlariga qasd qilgan, chunki u natsist Germaniyasi bilan bogʼliq fikrlari uchun taʼqibga uchrashdan qoʼrqqan.