SUN’IY ONG VA YARIMO‘TKAZGICHLI CHIPLAR UCHUN RAQOBAT: AQSH VA XITOY O‘RTASIDAGI GLOBAL YETAKCHILIK UCHUN KURASH
KIRISH
Sun’iy ong (SO) va yarimo‘tkazgichli chiplar ustunligi uchun kurash 21-asr
geosiyosiy maydonida o‘ziga xos jihatiga aylandi. AQSh va Xitoy ikkita
asosiy da’vogar sifatida paydo bo‘ldi. Ikkala davlat ham SO iqtisodiyotni
qayta shakllantirish, harbiy salohiyatni oshirish va global ta’sirni kuchaytirsh
harakat qilmoqda. Qo‘shma shtatlar o‘zining texnologik ustunligi va
innovatsiyon mukammalligi foydalansada, Xitoy kattta investitsiyalar,
markazlashtirilgan strategiyalari bilan ajralib turadi. Ushbu raqobat nafaqat
texnologik yetakchilik, balki SO ustunligi uchun kurash kengroq oqibatlari
ochib beradi.
Sovuq urush davri tugashi va SSSR parchalanganidan so‘ng AQSh
“superpower” davlat sifatida xalqaro maydonga chiqdi va tashqi siyosatda
nufuzi oshdi, shuningdek, bundan u o‘z siyosatini “hard power” va “soft
power” orqali markazlashmagan davlatlarga o’z ta’sirini o’tqazishga harakat
qilardi. Shuningdek, Qo‘shma shtatlar sun’iy ong texnologiyasini rivojlantirish
uchun tezlashayotgan texnologiya sohasida ustunlik saqlab qolmoqchi va
turli-xil tashkilotlarni moliyalashtirmoqda.
Misol uchun, Milliy innovatsion tizim (NIS) ilmiy-tadqiqot markazini va yangi
texnologiyalarni rivojlantirish muhim o’rin tutadi va Milliy sog’liqni saqlash
instituti bilan Qo‘shma shtatlar bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayderlar
(cloud service providers) ma’lumotlar almashish platformasini ishlab chiqish
uchun ular bilan hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘ygan. AQSh hukumati,
shuningdek, 2011-va 2019 yillar sun’iy ong sohasini rivojlantirish uchun
mablag’lar ajratgan. Jumladan, Qo‘shma Shtatlar 2019-yil bu sohaga
bundan oldingi 5 yillik statistikasiga qaragandan ko‘proq mablag’ ajratgan.
Buni quyidagi jadvalda ko’rishingiz mumkin:
AQSh sun’iy ong firmalarini moliyalashtirish jadvali (1-rasm)
Albatta, Qo‘shma Shtatlar super qudrat unvonini yo‘qotish arafasida va
bunday yo‘qotishda Xitoy Xalq Respublikasi asosiy omil rolini o‘ynashi mumkin.
2018-yil Financial Times bilan suhbat jarayonida Genri Kissinjer shuni
ta’kidlagan, hozirgi “yangi sovuq urush” ildizlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi
keskinlikda namoyon bo‘lmoqda. Bu albatta, sun’iy ong (SO) nafaqat
zamonaviy geosiyosiy raqobatni shakllantirishda, balki kuch vositasida va
muhim jang maydoni bo‘lib qolmoqda.
2017-yil dekabr oyida Tramp ma’muriyati davrida o’zining milliy xavfsizlik
strategiyasi hisobotini e’lon qildi, unda Qo‘shma Shtatlar yrik kuchlar
raqobatining yangi davriga o‘tganligi haqida aytib o’tgan, shuningdek,
hisobotda Xitoy “revizionistik kuch” va albatta “AQSh qadriyatlariga va tashqi
manfaatlariga zid bo’lgan yangicha dunyo tartibi yaratishi” istagini uni
“strategik raqobatch” sifatida e’lon qildi. Bundan tashqari Milliy Mudofaa
Strategiyasi 2018-yil shuni takidladigi Pentagon maqsadlari oldidagi “asosiy
muamolar” Xitoy ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)
texnologik rivojlanish bo‘yicha yangi
strategik yo‘nalish o‘ylab topdi.
2015-yilda bosh vazir Li Kesyan
Xitoyning sanoat salohiyatini
modernizatsiya qilish qaratilgan
“Xitoyda ishlab chiqarilgan” (Made in
China 2025) tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu 10 yillik strategiya 10ta
strategik sektorlarni o‘z ichiga
qamrab olgan va Xitoyning
global kuchi sifatidgi mavqeini
ta’minlashga qaratilgan. Albatta, bu
sohada ular kerakli maqsadlarga
erishib rivojlanishni yangi
pog’onasiga yetdi va, albatta, XXR
bunda to‘xtab qolgani yo‘q.
Shuningdek, Xitoy davlat kengachi (CSC) 2017-yil 20-iyulda “ Yangi avlod
sun’iy intellektni rivojlantirish rejasi ” bo‘yicha qaror chiqargandi. Shuningdek,
ushbu muhim rivojlanish mamlakatning sun’iy ong (SO) texnologiyasi va
programma chiplari rivojlantirish orqali bo‘lgan yondashuvini, 2030-yilgacha
bo’lgan keng qamrovli maqsadlarni belgilovchi yuqori dadrajada bo‘lgan
rivojlanishni maqsad qilib qoygan. Bosh kotib Si Szipinning so‘zlari, yangi
tushunchalari va yangi strategiyasini amalga oshirish uchun SOning iqtisodiyot
bilan chuqur integretsiyalashuvini tezlashtirish va SO uchun ilmiy va texnologik
innovatsion salohiyati, milliy xavfsizlikni himoya qilish va texnolagik klasterlar
(bu soha muayyan korxonalar yoki tarmoqlar asoslangan) yaratish maqsadi
oldiga qo‘yilgan. Buni amalga oshirishda Xitoy hukumati dolzarb intilish olib
bormoqda.
Shuningdek, Qo‘shma shtatlar prezidenti Donald Tramp shunday ta’kidlaganki:
"Sun'iy intellekt bo'yicha Amerika yetakchiligining davom etishi Qo'shma
Shtatlarning iqtisodiy va milliy xavfsizligini ta'minlash uchun muhim
ahamiyatga ega". Vashington 2019-yil o’z missiyasiga erishish va Amerika
xalqiga xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida sun’iy ongni haqidagi
g’oyalarni uyg’otish uchun AQShda sun’iy ong bo‘yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvda 175 dan ortiq ekspertlar sun’iy intellektdab foydalanish
bo‘yicha ilg’or tajribalarni, hamkorlikni va federal SO ishchi kuchini rivojlantirish
yo‘llarini aniqlash uchun birlashdilar. Albatta, uchrashuvda taqdim etilgan SO
bo‘yicha Pilot loyihasi ya’ni virtual holatda boshqariladigan samalyotlar aytilib
o’tilgan. Jumladan, Qo‘shma shtatlar Xitoy texnologiyalari va SO sohasiga qarshi
kuchlar qaratmoqdi va asosan AQSh Xitoyning texnologik super kuchini
cheklash va uni to‘xtatish strategiyasini amalga oshirish yo‘lini topdi. Yaponiya
davlati orqali Qo‘shma Shtatlar “CHIP-4 ALYANSI” orqali Xitoy mamlakat
yarimo‘tqazgich (semiconductors) sanoatini cheklashmoqchi. Bu alyansda
AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan muhim rol o‘ynaydi. Binobarin,
texnologik ustunlik uchun kurashda ikkita global kuch bo'lgan Qo'shma Shtatlar
va Xitoy o'rtasidagi shiddatli raqobatda chip ishlab chiqarish ta'minot zanjirlari
bo'yicha asosiy tortishuv nuqtasi sifatida paydo bo'ldi. AQSh tomonidan
Xitoyga nisbatan cheklovlar yarimo'tkazgich sanoatida ustuvorliklarning
o'zgarishiga olib keldi.
Tramp ma'muriyati davrida boshlangan va Bayden ma'muriyati tomonidan
mustahkamlangan ushbu cheklovlar Xitoy texnologik firmalarining chiplarni
sotib olishiga to'sqinlik qiluvchi va Xitoyning chip ishlab chiqarishdagi asosiy
texnologiyalar va xodimlarga kirishini cheklaydigan omillar bu texnologik
sanksiyalar o'z ichiga oladi. Bu yerda asosiy shart shundaki, AQSh Tayvan
vositasi orqali chip ishlab chiqarishdagi ilg'or texnologiyalar va uskunalarni
demokratik (ya’ni g’arb demokratiyasiga) dunyoga qarshi kurashish uchun
ulardan foydalanishi mumkin bo'lgan mamlakatlarga yetkazib berilmasligi
kerak ta’kidlab o‘tgan.
Bunda tashqari, Qo‘shma Shtatlar
Chokepoint (Tochka nuqtasi)
strategiyasining XXR uchun qo’llaydi.
Buni asosiy jihati shundaki ediki, ushbu
strategiya yarimo’tkazgichli misolida
AQSh va uning ittifoqchilari bu bo‘g’in
nuqtalari ustida monopolistik
nazoratga ega. AQSh bu strategiya
orqali va uning ittifoqchilari Xitoyning
taraqqiyot rivojiga qattiq zarba berishi
mumkin.
Xitoy sanoati va hukumati
chokepoints xavfini tan oldi,
shuningdek, 2018- yilda mamlakat
texnologik mahsulot ishlab chiqarishi
to‘xtab qolishi bo’yicha 35ta
mahsulot (technologic products)
aniqlandi. Xitoy o‘z-o‘zini
ta’minlashda chipmaking (chip ishlab
chiqarish) ishlab chiqarish
imkoniyatlarini oshirish zarur.
Shuningdek, Qo‘shma shtatlar Xitoy
qudratini susaytirish maqsadida
Tayvan muammosida foydalanmoqda.
Tayvanni texnologik ustunligi bunda
ikki qudratli davlat to‘qnashuvi
maydoni sifatida ta’riflashimiz mumkin.
XXR uchun Tayvanni qaytarish juda
nozik mavzu bo‘lib qolmoqda, shu
jumladan Xitoy orolning
yarimo‘tkazgichli quvvatiga ega bo‘lish
va mutloq yetakchi aylanichni xohlaydi.
Lekin nega XXR Tayvanga hujum
qilmadi? XXR Tayvanni harbiy yo‘l bilan
qo‘shib olish rasman qonunchiligida
belgilangan. Biroq, XXRning Tayvanga
hujum qilishi yomon oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Bu nafaqat, Qo‘shma
Shtatlar o‘rtasidagi ziddiyatga olib
kelishi, balki iqtisodiy yo‘qotishlarga
olib kelishi mumkin. Lekin, XXRni butun
Tayvani harbiy kuchsiz birlashtirish
juda qiyin, va orolning aholisi zich
joylashgan g’arbiy qismida urush
talofatlari mikroelektronik zavodlarining
yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin.
Agar Tayvan ishlab chiqarish bozorini
tark etsa, katta “defitsit”ga olib kelishi
mumkin. TSMC ning to‘xab qolishi
butun sanoatni to‘xtab qolishiga olib
keladi. Shu bilan birga boshqa
mamlakatlarda chip ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yishi uchun katta mablag’ va
vaqt talab qiladi. TSMC chiplarini ishlab
chiqarish bo‘yicha va yarimo‘tkazgichli
texnologiyalari bo‘yicha jahondagi
davlatlar 70% bundan foydalanadi.
Xitoyning Tayvan oroli bilan bo‘lgan
ambitsiyalari xuddi Rossiya va
Ukrainaniki bilan o‘xshashlikni aks
ettirishi mumkin. Agar Xitoy Tayvan
ustidan o‘z nazoratini o‘rnatsa Xitoy
birinchi navbatda yarimo‘tkazgich va
mikrochiplar yetkazib berish uchun
katta to‘lovlar qo‘yishi mumkin.
Tayvan geosiyosiy jihatdan va ilg’or
yarim o‘tkazgichlar bo‘yicha muhim
va bu yangi souvq urush ildizlarini
yanada kattaroq bo‘lishiga olib keladi.
Deutsche Welle malumotlariga ko’ra,
AQSh harbiy kuchlari Tayvan
orolining qo’shni davlatlari
tomonlarida joylashgan, bu esa Xitoy
tashqi siyosatiga tahdid bo‘lib
kelmoqda. Xitoy-Tayvan mojarosi
azaldan mintaqaviy va global
ahamiyatga ega bo'lgan yirik
inqirozlardan biridir. Uning salohiyati,
ta'sir kuchi va o'zida jamlay olgan
kuchlar muvozanati kabi
ahamiyatlarga egaligi uni boshqa bir
mojarolar va Sovuq urush davridagi
mojarolarning oldida yanada
globalroq ekanligini ko'rsatib qo'yadi.
Undan tashqari, Xitoy o'zining
qo'shnilari bilan mavjud bo'lgan o'n
to'rtta chegara nizolarini tinch yo'l
bilan, asosan jiddiy murosalarni taklif
qilish orqali hal qilishga urinmoqda va
endi navbat Tayvangga keldi.
Xitoy-Tayvan mojarosining asosiy
muammosi, bu - Tayvanning
geostrategik joylashuviga bog'liqligidir.
Tayvan va Pengu Xitoy materikining
sharqiy dengiz qanotini qo'riqlaydi.
Dushman dengiz kuchi qo'lida ular
Xitoy qirg'oqlarini blokirovka qilish va
mamlakatning sharqiy qismidagi
shaharlar va transport liniyalarini
bombalash uchun ishlatilishi mumkin
edi. Shuning uchun, ular Xitoy
xavfsizligi uchun mutlaqo zarurdir.
XXRning asosiy maqsadi, kelajakda
unga bo'lishi mumkin bo'lgan
mintaqaviy tahdidlarni oldini oladi deb
qarasak, o'z-o'zidan AQShning
maqsadi "Birinchi orol zanjiri"dan
foydalangan holda, Xitoyning
mintaqaviy ta'sirini cheklab qo'yish va
unga doimiy xavf bo'lish uchun
Tayvanni Xitoydan ozod bo'lishini
xohlaydi. Agar Xitoy Tayvanni egallab
olsa, ba'zi G'arb ekspertlari u Tinch
okeanining g'arbiy mintaqasida
qudratni loyihalash uchun yaxshiroq
joylashishi va Guam va Gavayigacha
bo'lgan AQSh harbiy bazalariga tahdid
solishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Bu geostrategik joylashuv faqat harbiy,
siyosiy va hududiy ahamiyatga ega
emasdir.
Tayvanning iqtisodiy ahamiyatga
da’vosi ham yuqori sanaladi. Misol
uchun, Tayvanga savdo ta'siri haqida
gap keatdiga bo‘lsa. Birinchidan,
Ta'minot zanjirining uzilishi
yarimo'tkazgichlar, elektronika va
axborot texnologiyalari kabi
sohalarga ta'sir ko'rsatdi, bu esa
kechikishlar va yetishmovchiliklarga
olib keldi. Intellektual mulk bilan
bog'liq xavotirlar texnologik
hamkorlikni ehtiyotkor qilishga
majbur qildi. Ikkinchidan, Bozorga
kirish cheklovlari qiyinchiliklar
tug'dirdi. Uchinchidan, Tayvan
iqtisodiyoti asosan Xitoy bilan
savdoga tayanadi, bu esa Tayvan
savdosining muhim qismini tashkil
qiladi. Tayvanning umumiy savdosi
2018-yildan 2021-yilgacha o'sdi,
ammo paydo bo'lgan keskinliklar
tufayli 2022-yilda biroz pasayish
kuzatildi. Tayvan bilan birga Xitoyga
qanday ta'sir qilgan? birinchidan,
Xitoyning yirik hamkorlardan importi
2022-yilning birinchi yarmida qisqardi
va bu global ta'minot zanjirining
uzilishiga yordam berdi, ikkinchidan,
Xitoy bilan savdodagi uzilishlar uning
Osiyo-Tinch okeani savdo
hamkorlariga ta'sir qilib, ishlab
chiqarishning sekinlashishiga va
daromadning yo'qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, Xitoyda yadro quroli mavjud, Tayvanda esa yadro quroli
mavjud emas. Ammo, uni himoya qilishni va uning xavfsizligini ta'minlashni
AQSh o'z zimmasiga olgan. Lekin ahamiyatli tomoni shundaki, tashqi siyosat
va siyosiy boshqaruvda ikki mamlakat bir-biri bilan dushman hisoblansada, ikki
davlatning ham iqtisodiyoti bir-birirga bog'liqliqdir.
Xulosa qilib aytish joizki, Qo‘shma Shtatlar sun’iy ong sohasi bo‘yicha Xitoydan
oldinda, lekin bu bilan Xitoy orqada qoladi degani emas. Aksincha, u bundan
foydalanish va bor investitsiyasini shu sohaga kiritish ehtimolligi yuqori. Tayvan
Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o ‘rtasidagi raqobatni muhim muammosidir. Xitoy
Tayvanni o‘zining provinsiyalari sifatida hisoblaydi va diplomatik bosim va
harbiy tahdidlar orqali birlashishga intiladi. Strategik ahamyatga ega bo‘lgan
va yarimo‘tgazgichli ishlab chiqarishda, ayniqsa TSMC orqali ustunligi Xitoyni
Tayvan ustidan nazoratni o‘rnatishga bo‘lgan harakati va AQShning bu
harakatlarga chek qo‘yish majburiyati keskin oshiradi. Tayvan asosiy mojaro
nuqtasiga va AQSh-Xitoy o‘rtasidagi global ta’sir uchun kurashning asosiy
omiliga aylantirdi.
Rahmatov Qahhor
JIDU, IXTI