Alfred Meхen

 


Alfred Meхen — XIX asrning mashhur amerikalik dengiz harbiy zobiti, tarixchi va strategi. Uning “Dengiz qudratining tarixga ta'siri” (1890) asariga ko‘ra, dengizdagi ustunlik mamlakatga iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmronlikni ta'minlab berishi mumkin. Mexen dengiz yo‘llari va strategik portlarni nazorat qilish, shuningdek, kuchli dengiz flotiga ega bo‘lish muhimligini alohida ta'kidlagan. Uning nazariyalari AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi mamlakatlarning XX asr boshlarida dengiz qudratini rivojlantirishga ilhomlantirgan. Mexen ta'limoti, ayniqsa, AQShdagi geosiyosiy fikrlashga kuchli ta'sir ko‘rsatgan va sanoatlashuv hamda global ekspansiya daХvrida dengiz strategiyasining asosiga aylangan. Uning iqtisodiy, harbiy va geografik resurslarni birlashtirish haqidagi g‘oyalari zamonaviy dengiz doktrinasi shakllanishida muhim o‘rin egallab, kelajakda dengizda ustunlikni ta'minlash strategiyalariga mustahkam poydevor yaratgan.