Genri Kissinjer — mashhur amerika diplomati va xalqaro munosabatlar bo‘yicha yetuk mutaxassis. Uning "Diplomatiya" kitobi tarixiy voqealar va yetakchi shaxslar faoliyati orqali dunyo siyosatini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Kitobda turli diplomatik strategiyalar tahlil qilinadi, shu jumladan XIX asrdagi Vena Kongressi davridagi holatlar ham.
Kitobning “Metternix diplomatiyasi” nomli bo‘limda Kissinjer Avstriya kansleri Klemens fon Metternixning diplomatik mahoratlarini tahlil qiladi. 1815-yildagi Vena Kongressida Metternixning asosiy maqsadi Yevropada Napoleon urushlaridan keyin barqarorlikni tiklash bo‘lgan. U “ko‘chlar muvozanati” tamoyiliga amal qilgan holda, katta davlatlarning haddan tashqari kuchayishining oldini olishga harakat qildi. Kissinjer Metternixni uzoq muddatli tinchlikni ta'minlash uchun kuchlarni tenglashtirish va davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni shakllantirishga intilgan buyuk diplomat sifatida tavsiflaydi. Metternixning ushbu yondashuvi natijasida Yevropada deyarli 40 yil davom etgan tinchlik va barqarorlik davri yaratildi. Kissinjer fikricha, bu kabi model hozirgi zamon xalqaro munosabatlari uchun ham dolzarb ahamiyatga ega, chunki kuchlar muvozanatini saqlash davlatlar o‘rtasidagi mojarolarni kamaytirish va barqarorlikni ta'minlashda muhimdir.
Shoxrux Saidov (IXTI, JIDU) tomonidan tayyorlandi.