Zibnev Bjezinskiy

 


Taniqli amerikalik siyosatshunos, geosiyosat bo‘yicha taniqli mutaxassis, AQSh Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan Zibnev Bjezinskiy “Second chance” asarida AQShning so‘nggi uch prezidenti – Bush, Klinton va Kichik Bushlarning tashqi siyosiy faoliyatini chuqur tahlil qilib beradi. Asar 1990-2006 yillardagi voqealar tizimli tahlili bo‘lib, 2008 yilda Prezident B.Obamaga tavsiyanoma sifatida chop etilgan. Bjezinskiy fikricha, Amerika “Global liderlik” uchun berilgan imkoniyatni qo‘ldan boy berdi va u 2008 yildan keyin Amerikaning ikkinchi imkoniyati muvaffaqiyatli amalga oshishi kerakligi, chunki uchinchi imkoniyat bo‘lmasligini ta'kidlaydi. U mavjud vaziyatni tahlil qilar ekan, hech bir qudratli davlat Amerika bilan tenglasha olmasligini ta'kidlaydi.


Xususan: Yevropa - hali ham zarur siyosiy birlik va global kuch bo‘lish xohishiga ega emasligi, Rossiya esa avtoritar, imperiyachilik, ijtimoiy jihatdan qoloq Yevrosiyo davlati bo‘lib, chinkam zamonaviy Yevropa demokratiyasi bo‘lishni xohlaydimi yoki yo‘q, hal qila olmayotganligini,Xitoy - Uzoq Sharqdagi hukmron kuch sifatida tez sur'atlar bilan iqtisodiy ko‘tarilayotgan bo‘lsa ham, ammo Yaponiyadek uning raqibi borligi va siyosiy byurokratiya tufayli asosiy ziddiyatlarni hal qila olmasligini,Hindiston - diniy, etnik va til xilma-xilligi siyosiy yuk bo‘lib qolayotgani va demokratiyani saqlab qolishi mushkulligini ta'kidlaydi.

Amerikaning global miqyosdagi harbiy qudrati, kuchli iqtisodiyoti, texnologik ustunligi va strategik mukammalligidan foydalangan holda global boshqaruvni qo‘lga olishi kerakligini aytadi. U doim Amerika “Buyuk davlat - g‘oyaga xizmat qiluvchi” ekanligini yodda tutish lozimligini ta'kidlaydi.


Saidakbar Shamsiev (JIDU, IXTI) tomonidan tayyorlandi.