TRAMPNING MEKSIKA, XITOY VA KANADADAGI TARIF SIYOSATI TO‘G‘RISIDA

 

2024-yilda AQShning tovarlar bo‘yicha savdo balansidagi kamomad $1,2 trilliondan oshib, dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Ushbu fonda, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga Kanada, Meksika va Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga yangi bojlar joriy etish haqida farmon imzoladi. Tramp ma’muriyati bu choralarni noqonuniy immigratsiya va narkotik moddalar oqimini to‘xtatish uchun qilingan qadam sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu qaror global savdo tizimiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. 

Farmonga ko‘ra: Xitoy mahsulotlariga – 10% boj, Kanada va Meksika mahsulotlariga – 25% boj, Kanadadan energiya importiga – qo‘shimcha 10% tarif joriy etildi. 

AQSh Savdo Vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda AQShningXitoy bilan tovar ayirboshlashi $583 milliard, Kanada bilan $762 milliard, Meksika bilan esa $840 milliardni tashkil qilgan. Bu bojlar ushbu kattahajmdagi savdo oqimlariga bevosita ta’sir qilishi aniq.

Javob choralar va xalqaro reaksiya. Farmon e’lon qilinganidan so‘ng, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum javoban yangi bojlar joriy etilishinie’lon qildi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo esa AQShdan importqilinadigan $155 milliard qiymatdagi mahsulotlarga 25% tarif kiritilishinibildirdi. Ushbu javob choralariga spirtli ichimliklar, kiyim-kechak, oziq-ovqatva mebel mahsulotlari kiritildi. Bundan tashqari, Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga shikoyat qilish niyatida ekanligini bildirdi va tegishli choralarko‘rishini ma’lum qildi.

Iqtisodiy oqibatlar. Tramp ma’muriyati bu tariflar AQSh iqtisodiyotini mustahkamlashini ta’kidlagan bo‘lsa-da, iqtisodchilar va tahlilchilar buningaksini prognoz qilmoqda. Peterson Institute for International Economicstadqiqotiga ko‘ra, tariflar natijasida AQShda kiyim-kechak, oziq-ovqat vatexnika mahsulotlari narxlari oshishi, import qilingan mahsulotlar narxiningo‘rtacha 3-5% ga oshishi, ayrim sektorlarda esa 15-20% gachaqimmatlashishi prognoz qilinmoqda. 


Xitoydan AQShga yiliga $100 milliarddan ortiq mayda chakana buyurtmalar eksport qilinadi va yangi bojlar tufayli xitoy maxsulotlari sezilarli darajada kamayishi mumkin. Joriy etilgan bojlar nafaqat Xitoy, balki AQShning iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Amerika Iqtisodiy Tadqiqot Instituti hisobotiga ko‘ra, tariflarning natijasida 500 mingdan ortiq ish o‘rni yo‘qolishi kutilmoqda, ayniqsa bu ko’rsatkich chakana savdo va transport-logistika sohalarida yuqori bo’lishi kutilmoqda. AQShning Kanada, Meksika va Xitoyga nisbatan bojxona tariflarini joriy etish qarori ushbu davlatlarning AQSh uchun uchta eng yirik savdo hamkori ekanligi bilan bog‘liq.

Meksika, Xitoy va Kanada bilan savdo hajmi. Meksika birinchi marta so‘nggi 20 yil ichida Xitoyni ortda qoldirib, AQShga eng yirik eksportchi bo‘ldi, bu mamlakatning AQShga eksporti $467 milliardni tashkil etdi. Bu jarayon Tramp va Bayden ma’muriyatlari tomonidan joriy qilingan Xitoyga qarshi bojlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, Xitoy mahsulotlari importining kamayishiga olib keldi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlari 2024-yilda Xitoydan $427 milliard, Kanadadan esa $389 milliardlik maxsulot import qildi. O’tganyil uchun, AQShning jami eksport hajmi $2,1 trillionni tashkil etdi. Kanada AQSh mahsulotlarining eng yirikxaridori bo‘lib, $354 milliardlik mahsulot sotib oldi. Shuningdek, Meksikadan $360 milliard, Xitoydan esa $156 milliard  baholangan maxsulot va xizmatlarni import qildi. AQSh Tashqi savdo departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ushbu uch davlat AQSh importining 40% ini tashkil etgan.

Tovarlar va sanoatga ta’siri. AQShning Meksikadan asosiy import tovarlari avtomobil va avto ehtiyot qismlari bo’lib, 2024-yilda AQSh $94 milliardlik avtomobil va $69 milliardlik avto ehtiyot qismlarini import qildi. Tariflarning oshirilishi ushbu mahsulotlarning narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu tariflardan po‘lat sanoati ham katta ta’sir ko‘rishi kutilmoqda. Amerika temir va po‘lat instituti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh po‘lat importining 25% Kanadadan, 12% esa Meksikadan keladi. Ushbu tariflar AQShdagi avtomobilsozlik, qurilish vaishlab chiqarish sanoatlariga zarar yetkazishi, hamda iste’mol narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston-AQSh savdo aloqalari va o‘sish tendensiyalari. 

O‘zbekiston oxirgi yillarda AQSh bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirishga intilmoqda. AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston-AQSh savdo aylanmasi $800 million miqdorida bo‘lib, shundan mamlakatimizning 70% eksportini tekstil sanoati tashkil qilgan. Xitoy mahsulotlariga nisbatan tariflarning oshishi bilan, AQSh bozorida o‘zbek tekstil mahsulotlariga bo’lgan talab sezilarli o’sib bormoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarish tannarxining oshishi O‘zbekistonning narx bo‘yicha raqobatbardoshligini oshirishi mumkin. 2024-yil uchun O‘zbekistonning tashqisavdo aylanmasi $65,9 milliardni tashkil etdi va 2023-yilning shu davriga nisbatan $2,4 milliardga yoki 3,8%ga o‘sgan. Xitoyning eksportdagi ulushining qisqarishi O‘zbekistonga AQSh bozorida yangi imkoniyatlar ochadi, lekin shu bilan birga, ishlab chiqarish va logistika xarajatlari ortibborishi natijasida, mahsulot narxlari qimmatlashishi mumkin.

Xulosa. 

Trampning Meksika, Xitoy va Kanada bo‘yicha tarif siyosati uning savdo strategiyasining asosiy qismi bo‘lib, savdo kamomadini kamaytirish va Amerika sanoatini himoya qilishga qaratilgan edi. USMCA bitimi NAFTA o‘rnini egallab, qat’iyroq savdo qoidalarini joriy qildi, Xitoy bilan savdo urushi esa ta’minot zanjirlarini izdan chiqardi va keskinlikni oshirdi. Ushbu siyosat savdo munosabatlarini qayta shakllantirishda ma’lum darajada muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, uning uzoq muddatli ta’siri bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, iqtisodiy natsionalizm va proteksionizmning xavf-xatarlarini ham yuzaga keltirmoqda. Tramp ma’muriyatining tarif siyosati O‘zbekiston uchun ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatаdi. Bir tomondan, Xitoy mahsulotlariga nisbatan tariflarning oshishi O‘zbekistonga AQSh bozorida yangi savdo imkoniyatlarini taqdim etadi. Boshqa tomondan, narxlarning oshishi va ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi mamlakat eksportining raqobatbardoshligini kamaytirishi mumkin. O‘zbekiston eksport tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali ushbu muammolarni yengib o‘tishga harakat qilmoqda. 

Shahnoza Teshaeva

IXTI/JIDU